AYOLLAR ISH BILAN BANDLIGINI TAMINLASHDA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada ayollar ish bilan bandligini ta'minlashni davlat tomonidan tartibga solishning turli mexanizmlari, iqtisodiyotning real talablaridan kelib chiqqan holda, ayollar samarali ish bilan bandligini ta'minlashni takomillashtirishga doir tavsiyalar taklif qilingan va ular ish bilan bandligini iqtisodiy tartibga solishda yangi ish o‘rinlarini yaratish va mavjudlarini saqlab qolish maqsadida oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etishning imkoniyatlari ishlab chiqilgan. Bu borada qishloq joylarda mehnatga layoqatli ayollarni ish bilan ta'minlashdagi asosiy to‘siqlar ijtimoiy-ruhiy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy, demografik turlarga bo‘linib, unda oilaviy yumushlar, farzandlar tarbiyasi, kasbiy malaka darajasi, ijtimoiy infratuzilma sohalarining rivojlanishi va demografik o‘ziga xoslik natijasida kelib chiquvchi bir qator muammolar, ularning yechimi, bevosita ayollar mehnat bozorini tartibga solish ustuvorliklari, boshqaruv, tashkiliy va moddiy rag‘batlantirishlar har tomonlama islohotlarni amalga oshirishga tayanadi. Qishloq joylardagi ayollarning ish bilan bandligi va ishsizlik sabablariga baho berish maqsadida sotsiologik so‘rov natijalari asosida ish beruvchilar va ishsiz ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni baholash uslubi takomillashtirilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Bobonazarova , J., & Shukurova , M. (2020). AYOLLAR ISH BILAN BANDLIGINI TAMINLASHDA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(4), 52–63. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/197
Ko'rishlar soni: 21