IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA SOLIQ MEXANIZMIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Abstrakt
Mazkur maqolada iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda soliq mexanizmidan samarali foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, innovatsion iqtisodiyotni soliqlar vositacida tartibga solishning ilmiy-nazariy jihatlari yoritilgan. Innovatsion iqtisodiyot va soliq mexanizmining iqtisodiy mohiyati bayon etilgan. Innovatsion faoliyatga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining amaldagi holati tanqidiy tahlil qilingan. Jumladan, korxonalarning ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatiga soliq imtiyozlarining ta'siri o‘rganilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida xulosalar shakllantirilib, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.