COVID-19 INFEKTSIYASI BO‘YICHA ILMIY TADQIQOTLARNING YUTUQ VA ISTIQBOLLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

O‘tkir respirator sindromli koronavirus Corona Virus Disease 2019 pandemiyasi global sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Hozirda biz butun dunyo bo‘ylab klinik tadqiqotlar sonining ortib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Klinik tadqiqotlarda dorilar, shu jumladan, zamonaviy va oldingi zamon dori vositalarining potentsial davolash usullari sifatida yoki ularning virusga qarshi faolligi hamda Corona Virus Disease 2019 infektsiyasiga xos bo‘lgan nafas va yurak-qon tomir belgilari va asoratlariga ta'sir qilish qobiliyati klinik tadqiqot sinovlaridan o‘tmoqda. Corona Virus Disease 2019 infektsiyasining yomon tendentsiyasiga qaramay, keng ko‘lamli tadqiqotlarda biron-bir dori vositasining Corona Virus Disease 2019 bilan og‘rigan bemorlarni klinik davolashda sezilarli darajada samarador ekanligi isbotlanmagan. Bunday strategiya terapiyani personifikatsiya qilish uchun xavf guruhlarini aniqlashda dastlabki farmakogenetik tadqiqotlar yordamida yechilishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik va samaradorlik borasida bir qator muammolarga olib kelishi mumkin. Corona Virus Disease 2019 infektsiyasi tibbiy davolashning personifikatsiya masalasini hal qilish klinik tadqiqotlarning qarama-qarshi natijalarini talqin qilish va ma'lum bir dori vositasining aniq samaradorligini aniqlash uchun zaruriy ehtiyojga aylanadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mavlyanov И., Mavlyanov З., & Ashirmetov А. (2020). COVID-19 INFEKTSIYASI BO‘YICHA ILMIY TADQIQOTLARNING YUTUQ VA ISTIQBOLLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(4), 123–133. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/206
Ko'rishlar soni: 51

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari