MEGOSIN PREPARATI VA UNING MEGAFERON KOMPLEKS BIRIKMASINING STANDARTLASH TADQIQOTLARIGA ILMIY YONDASHISH
Abstrakt
Ilmiy maqola gerpes virusiga qarshi faollikka ega bo‘lgan gossipol hosilalari asosida olingan immunomodulyatorlar – megosin va megaferonni o‘rganish tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Gossipol hosilalarining azometin saqlagan turlari asosida dori vositalari, xususan, radikal – SH2CH2SO3ONa (megosin) saqlagan turi yuqori gerpes virusiga qarshi faollikka egaligi bilan birga immunomodulyatorlik xususiyati farmakologik tajribalarda o‘rganilgan. Bu birikmalarning glitsirrizin kislotali kompleks hosilalari o‘zining yuqori darajada suvda eruvchanlik xususiyatining shunisi bilan ahamiyatliki, preparat tarkibiga kirganda biosamaradorligi sezilarli darajada oshishi kuzatilgan. Bu esa dori shaklida preparat miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Shu maqsadda dastlab olingan azometin gossipol hosilasi – megosin va uning asosida 1:2 va 1:4 nisbatlarda olingan MASGK (glitsirrizin kislotasining monoammoniyli tuzi) – megaferon preparatlarining gidrolizi kelgusida preparatlar tarkibidagi biologik faol moddalar miqdorini aniqlash usulini ishlab chiqish uchun o‘rganildi va ilmiy asoslandi.