AGROSANOAT MAJMUASIDA XITOZAN ASOSIDAGI POLIMER PREPARATLARNI QO‘LLASHDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Tut ipak qurti g‘umbagidan xitozan asosida olingan, ekologik xavfsiz mahalliy polimer preparat bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekishdan oldin ishlov berishning innovatsion kapsulalash texnologiyasi taklif etilgan. Urug‘larni kapsulalash uchun UZXITAN preparati ishlab chiqilgan va uning yaxshilangan ekspluatatsion sifatlarga ega bo‘lishi uchun xitozanning samarali molekulyar massaviy tavsiflari tadqiq etilgan hamda uning optimal molekulyar massa qiymati 70000 dan, dezatsetillanish darajasi 60% dan kam bo‘lmasligi lozimligi aniqlangan. Tadqiqotlarda karboksimetiltsellyuloza natriyli tuzining polimerlanish darajasi 500-750 va almashinish darajasi 0,8-1,0 bo‘lganda, UZXITAN preparatining biologik faolligi ta'minlanishi ko‘rsatilgan. Preparat turli yetishtirish zonalarida sinovdan o‘tgan, ekin turiga qarab o‘sish quvvati 10%, unuvchanligi 20%ga oshishiga olib keladi. UZXITAN O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rashidova С., Vohidova Н., & Rashidova Д. (2020). AGROSANOAT MAJMUASIDA XITOZAN ASOSIDAGI POLIMER PREPARATLARNI QO‘LLASHDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(4), 151–158. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/209
Ko'rishlar soni: 21