YANGI G‘O‘ZA NAVLARINI PARVARISHLASHDA TUPROQQA RESURSTEJAMKOR, KOMBINATSIYALI MINIMAL ISHLOV BERISH
Abstrakt
Andijon viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqqa minimal ishlov berishning yangi takomillashgan «Ilg‘or-1» agregatida ishlov berish usullariga bog‘liq xolda chigit ekish tizimlari, g‘o‘zaning ko‘chat qalinliklari, ma'danli o‘g‘itlar me'yori, sug‘orish usullari, tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy va suv–fizik xossalari va o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligi, sifat ko‘rsatkichlari, iqtisodiy samaradorliklari ilmiy asoslanib, yangi takomillashtirilgan texnologiyaning joriy etilishi natijasida sug‘orish soni 1,5-2,0 martagacha qisqarishiga erishilib, tuproqqa odatdagi 30-35 sm chuqurlikda haydab ishlov berilgan variantga nisbatan mos ravishda 4,5 va 5,5 s/ga qo‘shimcha paxta hosili yetishtirilgan. Qator orasi 105 sm kengaytirilgan tuproqqa kombinatsiyali ishlov berilgan texnologiyada 200 kg/ga azotli o‘g‘itni ammiak shaklida pushta ostiga solingan nazorat variantga nisbatan esa 2,4 va 4,6 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinib, tola sifati 10-12 foizga yuqori bo‘lgan.