SHOLINING ASOSIY ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH USULLARI
Abstrakt
Ushbu maqolada sholi zararkunandalariga qarshi agrotexnik kurash usulida qalqonli qisqichbaqaga qarshi oldingi «3 yil sholi – 1 yil soya» tizimi o‘rniga – «1 yil sholi – 1 yil soya» tizimi qo‘llanildi. Tajriba varianti sifatida «1 yil sholi – 1 yil soya» almashlab ekilganida, andozaga nisbatan bu variantda zararkunandaning soni 42,8% yoki 20 donaga kamayganligi kuzatildi. Shu tizimda ekib o‘stirilgan sholining («Mustaqillik» va «Iskandar» navlari) har 1 gektaridan 60,3-58,5 sentnerdan sholi olinib, nazoratga nisbatan 4,4-4,6 s oshiq hosil to‘plandi. Qalqonli qisqichbaqaga qarshi sholining «Mustaqillik» navida Siperfos (1,0 l/ga) va Karate (0,5 l/ga) yordamida himoyalangan daladan yuqori hosil (73,4-73,8 s/ga) olinib, nazoratga nisbatan 20,7-21,1 s qo‘shimcha bo‘ldi. Ayni shu insektitsidlar yordamida himoyalangan «Iskandar» navi ekilgan dalaning har 1 gektaridan 68,8-70,7 s hosil
olinib, nazoratdan 15,5-18,0 sentnerga yuqori hosil olinganligi bayon etilgan.