QUYOSH SANDONIDA SINTEZ QILINGAN, OKSIDLI TEMIRBARIYLI MATERIAL

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ishqoriy yer metallari ferritlari asosidagi magnit materiallar yuqori solishtirma elektrik qarshilik (104-107 Om) va yuqori koertsitiv kuch (500 kA/m) namoyon etadi. Bunda magnitlanish to‘yinuvchanligi qiymati domenlar (kristallitlar) o‘lchamlariga kuchli bog‘liq. Shakllanayotgan material mikrostrukturasi hamda kristallitlar o‘lchamlari texnologik shartlarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun material mikrostrukturasi (kristallitlar o‘lchamlari)ni boshqarish orqali materialning magnit xossalarini boshqarish mumkin. Bu esa magnit materiallarni eritmadan sintez qilish jarayonlarini tadqiq etishning fundamental va amaliy dolzarbligini belgilaydi. Ushbu ishning maqsadi magnit materiallar – bariy, strontsiy va vismut ferritlarini Katta quyosh pechida eritish orqali sintez qilish jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Ishda rentgenostrukturaviy tahlil, mikroskopiya hamda materiallarning fizik parametrlarini o‘lchash usullari qo‘llanildi. Quyosh sandonida sintez qilingan, ferrit bariy o‘rganilgan. Maqolada BaCO3 + Fe2O3 qorishmasi yuqori mujassamlangan quyosh nurlari (350Vt/sm2 ) ta'sirida, geksagonal ferrit bariy 4(Fe2O3 )4(FeO)BaFeO3 -X, kubik Ba3Fe2O6 -X= 2(BaO)FeOVaFeO3 -X va tetragonal BaOFeOBaFeO3 -X modifikatsiyasi hosil bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Texnologik jarayonini modifikatsiyalash orqali zarur xossalar (solishtirma elektr qarshiligi 1010 Om•cm, zichligi 5 g/sm3 , magnitodielektrik effekti 4,1%) namoyon etuvchi magnit materiallar olish mumkin. Bunday materiallar elektron sxemalarda chastota va tok kuchlanish amplitudalarini stabillash uchun qo‘llanishi mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Payzullaxanov М.-С., Shermatov Ж., Rajamatov О., & Nodirmatov Э. (2019). QUYOSH SANDONIDA SINTEZ QILINGAN, OKSIDLI TEMIRBARIYLI MATERIAL. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(3), 57–66. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/219
Ko'rishlar soni: 51