AVTOMOBILLAR SIFAT NAZORATI JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN KONTAKTSIZ MUVOFIQLOVCHI-O‘LCHASH MASHINANING TRAEKTORIYASINI REJALASHTIRISH
Abstrakt
Globallashuv muammolari nafaqat hayotning ijtimoiy yoki siyosiy jihatlariga ta'sir ko‘rsatadi, balki har qanday ishlab chiqarish tizimlari uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi. Mahsulotga bo‘lgan talabning bir birligiga oshishi va buyurtmachining sifat talablariga muvofiqligi ishonchli ishlab chiqarish nazorat tizimini talab etadi. Mahsulotlar sifati standartini takomillashtirish mavjud bo‘lgan sifat nazorati va nazorat usullaridan farqli ularoq takomillashgan usullarga o‘tishga ta'sir ko‘rsatadi. Maqolada ko‘rib chiqilayotgan muammo O‘zbekistonda avtomobillarni ishlab chiqarish tizimi bilan uzviy bog‘liq. Biroq mazkur uslubiyot jahonning turli mamlakatlarida sanoatning turli tarmoqlari va texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur tezisda zamonaviy sanoatning ikkita asosiy talablari – vaqt va sifatga mos kelishi uchun sanoat buyumlarini muvofiqlovchi-o‘lchash mashinalarida o‘lchashga ishonchli o‘tish mexanizmlarini ishlab chiqishga asosiy e'tibor berilgan.Mazkur tezisda zamonaviy sanoatning ikkita asosiy talablari – vaqt va sifatga mos kelishi uchun sanoat buyumlarini muvofiqlovchio‘lchash mashinalarida o‘lchashga ishonchli o‘tish mexanizmlarini ishlab chiqishga asosiy e'tibor berilgan.