SEL YOQQANDA SHAHARNI SUV BOSIB KETISH MATEMATIK MODELI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada nishablik oqimini shakllantirish gidrologik modeli asosida shahar hududlarini suv bosishi tahlili keltirilgan. Gidrologik model negizini antropogen sifatdagi landshaft o‘zgarishlarini kuzatishga asoslangan nazariy tadqiqot va materiallar tashkil qiladi. Shahar hududlari infratuzilmasi o‘zgarishi va yer sirti asfaltbeton va suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplanish maydonining ortishi bilan suvning tuproqqa filtrlanish tezligi pasayadi va nishablik oqimining tezligi ortadi. Bu antropogen o‘zgarishlar suv bosimining keskin o‘sishiga olib keladi va hududlarni suv bosishining asosiy sababi hisoblanadi, ayniqsa, kuchli yog‘ingarchilik va favqulodda vaziyatlar xavfi mavjud bo‘lgan sharoitlarda. Global iqlim o‘zgarishi oqibatida kuchli yog‘ingarchiliklar ko‘rinishidagi ob-havo anomaliyalari ko‘payib, O‘zbekiston shaharlarida favqulodda holatlar xavfini oshiradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Myagkov С., Dergacheva И., & Xalbekov К. (2019). SEL YOQQANDA SHAHARNI SUV BOSIB KETISH MATEMATIK MODELI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(3), 85–90. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/223
Ko'rishlar soni: 30