ILDIZ-MEVA YIG‘ISHTIRISHDA YANGI ILDIZ-MEVA KOVLAGICHNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ildiz-mevalarni seriyali qazish ish organlari bilan jihozlangan kovlagichlar orqali kovlab olishda ular tomonidan elaklash ish organiga ortiqcha tuproq massasi notekis uzatiladi, bu esa mashinaga ortiqcha yuklanish tushishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida ildiz-mevalarning yo‘qotilishi oshadi va agregatning ish sifati pasayadi. Ushbu ilmiy muammoni bartaraf etish uchun ish unumi va sifatini oshiradigan energiya-resurstejamkor ildiz-meva kovlagich ishlab chiqilgan. Energiya-resurstejamkor ildiz-meva kovlagichning ish unumi va sifatini oshirish uchun uning qazish ish organlari sektsiyali bo‘lishi va ularning ustki qismida elastik parrakli biter-uzatgich o‘rnatilishi hamda kovlagich ramasining ikki yonbosh qismlariga disk va uning g‘altagi jihozlangan bo‘lishi lozim. Taklif etilayotgan ildizmeva kovlagichning qazish ish organi ildiz-meva joylashgan pushtaning kerakli qismini kovlab oladi va natijada elaklash elevatoriga minimal tuproq massasi uzatiladi. Texnologik ish jarayonda sektsiyali lemexlar kam tuproq massasini kovlab oladi, biter-uzatgich esa piyoz-tuproq massasini elevatorga surib beradi. Ildiz-meva kovlagichning dala sinovlari o‘tkazilgan va uning sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan. Ildiz-meva kovlagichning energiya-resurstejamkor qazish ish organlarini seriyadagi bilan solishtirganda, ildiz-meva pushtasi tuprog‘ini elevatorga uzatayotganda 12,2-14,1 foizga kamaytiradi, agregatni tortishga qarshiligini ham kamaytiradi, ildiz-mevalarning yo‘qotilish darajasini 7,0-9,2 foizga kamaytiradi va agregat ish unumini 15 foizga oshiradi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ildiz-meva kovlagich ishlab chiqish yo‘li bilan ildiz-meva yig‘ishtirish jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat. Tadqiqotning vazifasi O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan yangi ildiz-meva kovlagichni ishlab chiqish va yangi ildiz-meva kovlagichning sifat va energetik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida dala sinovlarini o‘tkazishdan iborat.

Mualliflar haqida

How to Cite

Norchayev Р., & Norchayev Д. (2019). ILDIZ-MEVA YIG‘ISHTIRISHDA YANGI ILDIZ-MEVA KOVLAGICHNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(3), 91–97. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/224
Ko'rishlar soni: 10