INVESTITSIYA FONDLARINING MOLIYAVIY XAVFSIZLIGINI TAMINLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Xo‘jalik yurituvchi subektlar davlatning yalpi ichki mahsulotini yaratishda qo‘shilgan qiymat hosil qilganligi bois, ularning moliyaviy xavfsizligi mamlakatni barqaror rivojlantirish uchun muhim omillardan sanaladi. Bundan tashqari, yirik tadbirkorlik sub'ektlari davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda sezilarli ta'sir qiluvchi soliq to‘lovchilar hisoblanadi. Shu sababli, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy xavfsizligini baholash va uni ta'minlash davlatning iqtisodiy xavfsizligi tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Jahon amaliyotida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy xavfsizligiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas va uni baholash ko‘rsatkichlari yagona tizimga keltirilmagan. Tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy xavfsizligini baholashda ularning xususiyatlari inobatga olinadi va turli mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkichlar bir-biridan farq qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, korxonalarning moliyaviy xavfsizligini to‘liq baholashda qiyinchiliklarni tug‘diradi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi investitsiya fondlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy xavfsizligini baholash ko‘rsatkichlari tizimlashtirilgan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlar asosida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan investitsiya fondining moliyaviy xavfsizlik darajasi tahlil qilingan va moliyaviy xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Burxanov , A. (2019). INVESTITSIYA FONDLARINING MOLIYAVIY XAVFSIZLIGINI TAMINLASH . ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(4), 6–13. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/226
Ko'rishlar soni: 4