MILLIY IQTISODIYOTDA INNOVATSION LIZING XIZMATLARINI JORIY ETISHNING NAZARIY ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH
Abstrakt
Innovatsion g‘oyalarning yaratilishi ko‘p jihatdan moliyalashtirish manbalarini qidirib topish muammosi bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqib, mazkur maqolada lizingning innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning samarali vositasi sifatidagi ahamiyati va mohiyati, lizing bozorida innovatsion lizingni shakllantirish va rivojlantirish omillari yoritilgan. Innovatsion lizing shartnomasida ishtirok etuvchi sub'ektlar uchun uning samaradorligini baholash orqali sub'ektlarning moliyaviy holatini yaxshilash hamda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirishga erishish mavzuning maqsadi sifatida belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun innovatsion va klassik moliyaviy lizingning farqli jihatlari yoritilgan, innovatsion lizing shartnomasining moliyaviy modeli ahamiyati, uni aniqlashda qo‘llash mumkin bo‘lgan formulalar keltirilib, innovatsion lizing mexanizmining umumiy ko‘rinishi aks ettirilgan, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar miqyosida innovatsion lizing mexanizmidan foydalanishning samaradorligi haqida fikr yuritilgan. Milliy moliya bozorida innovatsion lizingni shakllantirish va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.