O‘ZBEKISTONNING AGRAR SEKTORIDA INNOVATSIYALAR: ORGANIK PAXTA YETISHTIRISHNING BUGUNI VA KELAJAGI
Abstrakt
Har yili jahon bozorida organik paxta bilan ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Shu munosabat bilan organik paxta ishlab chiqaradigan mamlakatlar har yili ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirmoqda. O‘zbekiston paxtani jahon bozorida asosiy ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchilardan biri bo‘lsa-da, faqat 2019 yildan beri organik paxta ishlab sharoitlar mavjud, chunki so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasini bosqichma-bosqich erkinlashtirish maqsadida, ayniqsa, paxtachilikda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, organik paxta va to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilari jahon bozoriga mustaqil ravishda kirish va uning ma'lum bir segmentini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan paxtato‘qimachilik agroklasterlari bo‘lishi mumkin. Mazkur tadqiqot Textile Technologies Group YaT MChJ qishloq xo‘jaligi klasteri misolida organik paxta ishlab chiqarish tajribasi va tahlilini o‘rganish, shuningdek, respublikada organik paxta ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlarini baholashga qaratilgan.