AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBEKTLAR FAOLIYATI UZLUKSIZLIGINI BAHOLASHNING METODOLOGIK JIHATLARI
Abstrakt
Mazkur maqolada auditorlik tekshiruvlari jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda faoliyat uzluksizligini baholashning metodologik masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi auditorlik tekshiruvlarida uzluksizlik printsipiga baho berish va uni xalqaro standartlar asosida tashkil etish yo‘nalishlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida faoliyat uzluksizligining bosqichlari, moliyaviy hisobotning ishonchligiga ta'sir ko‘rsatishi, faoliyatning uzluksizligini baholashda qo‘llaniladigan tahliliy amallar tarkibi, auditorlik tashkilotining moliyaviy natijalarini tahlil qilish hamda auditorlik xulosasi turlariga ta'siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot davomida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati uzluksizligini baholashda tahliliy amallarni qo‘llash yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy holati va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali auditorlik fikrini shakllantirish lozimligi asoslangan. Shuningdek, xalqaro standartlarni qo‘llash orqali auditorlik xulosasi turining faoliyat uzluksizligi ilmiy asoslab berilgan. Maqolada aynan uzluksizlik printsipini qo‘llash orqali auditor xo‘jalik yurituvchi sub'ektning kelajakdagi faoliyatini taxmin qilishi yoritilgan. Tadqiqot natijalari auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvlarini xalqaro standartlar asosida o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladi.