PASTKI JAG‘ O‘SMALARI VA UNI OPERATSIYADAN KEYIN TIKLASH
Abstrakt
Jag‘ o‘smalari odontogen va noodontogen bo‘ladi. Ushbu turdagi o‘smalarning barcha turlarida davolashning asosiy usuli jarrohlik yo‘li bilan davolash hisoblanadi. Pastki jag‘ operatsiyalari aniq kosmetik kasalliklar va yuzning deformatsiyasi bilan birga kechadi. Pastki jag‘ operatsiyasi nafaqat o‘smani butunlay olib tashlash, balki bir vaqtning o‘zida mumkin bo‘lgan funktsional va kosmetik jihatdan buzilishining oldini olish uchun pastki jag‘ yoyining uzluksizligini tiklashdan iborat. Jarroh bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani hal qilishi kerak – o‘smani to‘liq olib tashlash va nuqsonni maksimal darajada yopish. Birzumlik plastinkadan foydalanish pastki jag‘ni qayta tiklashning turli usullari bilan yaxshi funktsional va kosmetik natijalarga erishishga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, ayrim bemorlarga kasallik boshlanishidan oldin qilgan ishlariga qaytishga imkon beradi. Pastki jag‘ o‘smalariga turli usullarida amalga oshirilgan rekonstruktiv va tiklash operatsiyalari asoratlarining oldini olish uchun o‘sma hajmi, nur bilan davolashning ta'siri va o‘smaning mahalliylashtirishni hisobga olish kerak.