A2 VA AD1 GENOMLI AMFIDIPLOID G‘O‘ZA DURAGAYINING MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada g‘o‘zaning A2 va AD1 genomli amfidiploid duragaylarining mahsuldorligini aniqlash uchun qilingan izlanishlar natijasi qayd etilgan. Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar tahliliga asoslanib, jumladan, F1 , F2 poligenomli duragaylarda bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni va ko‘sakdagi to‘liq urug‘lar tugilishi foizi belgilari turlicha ekanligi aniqlandi. Yangi sintetik shaklning asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari ertapisharligi, bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi (6-7 g), tola chiqimi (40-42%), IV tipga mansub tola beradigan boshqa navlarga nisbatan yuqori bo‘lishi natijasida paxta hosilini yog‘in-sochinga qoldirmasdan bir vaqtda erta yig‘ishtirib olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu shakl qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, yuqori mahsuldorligi va tolasining texnologik ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu yangi sintetik murakkab duragaylar intensiv g‘o‘za turlarining yangi navlarini yaratish uchun boshlang‘ich manba sifatida amaliy selektsiyada muhim hisoblanadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mo‘minov , X., & Rizayeva , S. (2019). A2 VA AD1 GENOMLI AMFIDIPLOID G‘O‘ZA DURAGAYINING MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(4), 47–51. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/237
Ko'rishlar soni: 23