MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA IMPORT O‘RNINI BOSUVCHI ADSORBENTLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI YARATISH
Abstrakt
Mazkur ishda turli xil texnologik oqimlar, shu jumladan, suyultirilgan neft va uglevodorod gazlarini konditsiyalash uchun mahalliy mineral xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi samarali seolit hamda oksidalyuminiy adsorbentlar olish usullarini tadqiq etish natijalari keltirilgan. Boyitilgan Angren kaolinidan granulalarda ishqorli kristallash texnologiyasi asosida sintezlangan seolitlarning namunalari suv bug‘lari bo‘yicha yaxshi sorbtsion xajmga ega ekanligi va oson kokslanadigan aralashmalardan tarkib topmagan gazlarni quritish uchun tavsiya qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Olingan Uz-AD-1 oksidalyuminiy adsorbenti laboratoriya tadqiqotlari natijalari Buxoro neftni qayta ishlash zavodining benzinni riforming qurilmasi real gazlarni qayta ishlash sinovlari bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqilgan yangi mahalliy adsorbentlar hozirgi kunda qo‘llanilayotgan, import qilinadigan chet el adsorbentlarining HCl va H2O bo‘yicha sorbtsion xajmidan bir oz past bo‘lsada mavjud adsorbentlar o‘rnida foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.