KARJANTOV VA TOVOQSOY YER YORIQLARI KESISHGAN HUDUDDA YER MAGNIT MAYDONI VA VERTIKAL HARAKAT MIQDORLARI TAHLILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mamlakatimizda seysmik faol hududlarning elektromagnit kuzatuvlar, prognostik monitoring tizimini yangilash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, kuchli zilzilalardan avval aniqligi yuqori bo‘lgan ma'lumotlar olish borasida muhim natijalarga erishilmoqda. Shuningdek, hududlarning seysmik faolligini doimiy monitoring qilish dasturlari ishlab chiqilmoqda. Maqolada Karjantov chuqur yer yorig‘i va Tovoqsoy yer yorig‘i kesishgan hududning geomagnit maydoni hamda vertikal harakat miqdorlari tahlillari, Tovoqsoy geodinamik poligonida 2019 yilda o‘tkazilgan taxeometrik o‘lchash ishlari natijalari, 1979 yilda o‘tkazilgan nivelirlash natijalari, 1979 va 2019 yillarda olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va taqqoslash natijalari keltirilgan. Magnit tadqiqot texnikasining yuqori aniqligi tufayli geologik tuzilmalar, yoriqlar va boshqalar bilan bog‘liq magnit anomaliyalar berilgan. Yuqori aniqlikdagi taxeometrik tekshiruv natijasida mintaqaviy Karjantov va Tovoqsoy yoriqlari kesishgan Tovoqsoy-Karjantov hududida vertikal harakatlarning 37 yillik farqi aniqlandi. Qabul qilingan ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida ferma va qabriston punktlari eng harakatchan punktlar deb hisoblanishi hamda ushbu punktlarning Karjantov yorilish zonasida joylashganligi keltirilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Yusupov , V., Shukurov , Z., & Yadigarov , E. (2020). KARJANTOV VA TOVOQSOY YER YORIQLARI KESISHGAN HUDUDDA YER MAGNIT MAYDONI VA VERTIKAL HARAKAT MIQDORLARI TAHLILI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(5), 63–75. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/239
Ko'rishlar soni: 26