GAMMARID-192/120M GAMMA-DEFEKTOSKOPLARI UCHUN IRIDIY-192 IONLASHTIRUVCHI NUR MANBALARINI TAYYORLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Turli buyumlarni putur yetkazmay tekshirish gamma-defektoskoskopiya usuli uchun Gammarid-192/120M gamma-defektoskopi va iridiy-192 (Ir-192) yopiq ionlashtiruvchi nur manbasi keng ko‘lamda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda import o‘rnini bosuvchi aktivligi 50÷120 kyuri bo‘lgan Ir-192 ionlashtiruvchi nur manbalarini ishlab chiqarish va yasash hamda ularni Gammarid-192/120M gamma-defektoskoplari bilan komplektatsiyalash dolzarb masaladir. Ilmiy tadqiqotlarning maqsadi VVR-SM yadro reaktorida tabiiy iridiy metall disklarni issiq neytronlar bilan nurlatish usuli yordamida nisbiy aktivligi yuqori bo‘lgan Ir-192 radionuklidinni (53 dan 126 Ki/g gacha) olish texnologiyasini ishlab chiqish, germetik Ir-192 yopiq ionlashtiruvchi nur manbalarini tayyorlash va ularni Gammarid-192/120M gamma-defektoskoplari bilan komplektatsiyalash ishlarini amalga oshirishdir. VVR-SM reaktorining vertikal kanallarida tabiiy iridiy disklarini neytronlar bilan nurlantirish orqali yuqori aktivlikka ega bo‘lgan Ir-192 radionuklidinni olish uchun vertikal kanallardagi issiq neytronlar oqimining zichligi va uni vertikal kanallar ichida taqsimlanishi termo-neytron datchik TND-2,0 yordamida bajarildi. Germetik Ir-192 manbai tayyorlandi. Ir-192 manbai Gammarid-192/120M gamma-defektoskopi bilan komplektatsiya qilindi. Ir-192 manbai Gammarid-192/120M gamma-defektoskopi bilan birgalikda test metall quvurning (diametri 219 mm va qalinligi 8,0 mm) payvandlash sifatini ikki devor orqali putur yetkazmay tekshirish uchun ishlatildi. Gamma-radiografiya uchun «Kodak Industrex» AA400 rentgen plenkalari, qo‘rg‘oshin ekranlari, sezgirlik etalonlari, DNS–2 densitometri va turli dozimetrlar ishlatildi. Test metall quvurning payvandlash sifatini putur yetkazmay tekshirish natijasi shuni ko‘rsatdiki, olingan gamma-radiografiya rentgen rasmlari sezgirligi va sifati bo‘yicha Rossiya va xalqaro putur yetkazmay tekshirish standartlari talablariga to‘liq mos keladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Ashrapov У., Xo‘jayev С., Qarabekov З., & Nasritdinov З. (2019). GAMMARID-192/120M GAMMA-DEFEKTOSKOPLARI UCHUN IRIDIY-192 IONLASHTIRUVCHI NUR MANBALARINI TAYYORLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(4), 60–71. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/240
Ko'rishlar soni: 24