SHAHAR JAMOAT TRANSPORTI (SHJT) LOGISTIK QUVVATI SIFATINI OSHIRISHDA MULTIMODAL TASHISH TEXNOLOGIYALARINI INNOVATSION INFRATUZILMALAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada velotransport infratuzilmasini shahar jamoat transporti tarkibida multimodal tashish texnologiyasi orqali rivojlantirishning bosqichlari keltirilgan. Velotransport infratuzilmasini rivojlantirishning ahamiyatini aniqlash maqsadida 200 dan ortiq toshkentliklar va shahar mehmonlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari tahlil qilindi. Tahlil natijalarida velotransportni aholi orasida ommalashtirishda faqat velotransport infratuzilmasini takomillashtirish yetarli emasligi, balki velotransportni mavjud shahar jamoat transporti tizimi (ShJTT) bilan integratsiyalash muhimligi asoslangan. Yo‘lovchilarning shahardagi mavjud transportlarda harakatlanishi bilan velotransportda harakatlanishi samaradorligini solishtirish maqsadida Toshkent shahri markazi va shahar tashqarisida “Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti” talabalarining mavjud transportlar va velotransportda harakati ilmiy tadqiq qilindi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari tahliliga ko‘ra, A manzildan B manzilgacha turli xil transportda har xil usulda borishga ketgan vaqt, mablag‘, energiya sarfi hamda harakatlanish tezligi solishtirildi. Shuningdek, shaharlarda yo‘lovchilarni multimodal tashish texnologiyasi asosida “eshikdan eshikkacha” tashish tamoyiliga velosiped infratuzilmasini qo‘shishning samaradorligi yuqoriligi o‘rganilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Atajanov , M. (2020). SHAHAR JAMOAT TRANSPORTI (SHJT) LOGISTIK QUVVATI SIFATINI OSHIRISHDA MULTIMODAL TASHISH TEXNOLOGIYALARINI INNOVATSION INFRATUZILMALAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(5), 105–115. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/249
Ko'rishlar soni: 34