ALYUMINIY OKSIDI PREKURSORINING ADSORBENT TARKIBIDAGI ALYUMINAT NATRIY HOSIL BO‘LISH JARAYONIGA TASIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ishning maqsadi NaOH miqdori bir xil taqsimlangan sharoitda ishlatilgan alyumooksid adsorbenti va import alyuminiy gidroksididan foydalanib olingan nordon aralashmalarni aktiv xemosorbtsiyalovchi kukunli kompozitsiya tarkibidagi alyuminat natriy markazlarning hosil bo‘lishini o‘rganishdir. Adsorbent yuqori haroratli namunalarining adsorbtsion xossalari va nomaqbul qo‘shimcha oligomerizatsiya reaktsiyalardagi potentsial faolligining pasayishi g‘ovaklar hajmida hosil bo‘ladigan Na7 Al3 O8 faza hamda NaOH.H2O va Na2CO3 miqdori bilan aniqlanadi. Ishlatilgan alyumooksid adsorbenti granulalariga yuqori haroratli ishlov berish qo‘llanilmasa ham HCl ni yutishda optimal adsorbtsion hajm va yuza xossalariga erishishi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mustafayev Б., Turdiyeva Д., Kurbanova Д., Raximjonov Б., Isayeva Н., & Sattarova Ш. (2020). ALYUMINIY OKSIDI PREKURSORINING ADSORBENT TARKIBIDAGI ALYUMINAT NATRIY HOSIL BO‘LISH JARAYONIGA TASIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(5), 124–134. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/251
Ko'rishlar soni: 35

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari