BANKLARDAGI MUAMMOLI KREDITLARNI BOSHQARISHNING DOLZARB MASALALARI
Abstrakt
Tijorat banklarida metodologik va uslubiy jihatdan yetarlicha ta'minlanmagan kreditlash amaliyotining tez rivojlanishi natijasida bir qator iqtisodiy, moliyaviy hamda ijtimoiy muammolar paydo bo‘lmoqda. Bank amaliyotida kredit portfeli sifatini oshirish va muddati o‘tgan kreditlar solmog‘ini kamaytirish dolzarbligicha qolmoqda. Maqolada tijorat banklarining kredit portfeli sifatiga ta'sir etuvchi muddati o‘tgan kreditlarning ko‘payishi tahlil qilingan hamda ularni kamaytirishning banklardagi mavjud tajribaga asoslangan holda takomillashtirish yo‘nalishlari ochib berilgan. Shuningdek, muddati o‘tgan kredit qarzini boshqarish vositalari tasnifi taklif etilgan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.