MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TAMINLASH – KORXONA QIYMATINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILI
Abstrakt
Korxonalar milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lganligi bois ularning qiymatini oshirish mamlakatni barqaror rivojlantirish uchun asosiy omillardan sanaladi. Jahon amaliyotida korxona qiymatini oshirishga ta'sir etuvchi omillarga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Korxona qiymatini oshirishning eng muhim omillaridan biri korxonaning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish orqali uning moliyaviy barqarorligini ta'minlashdir. Shu sababli korxona qiymatini oshirishda uning moliyaviy barqarorligini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish, tahlil qilish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash choralarini ko‘rish muhim ahamiyatga ega. Dunyo amaliyotida korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholash ko‘rsatkichlari bir tizimga keltirilmagan va turli mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkichlar bir-biridan farq qiladi. Moliyaviy barqarorlikni baholashda korxonalarning xususiyatlari inobatga olinadi. Bu esa, o‘z navbatida, korxonalarning moliyaviy barqarorligini to‘liq baholashda bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Maqolada korxonalar qiymatini baholash va uni boshqarishning ilmiy-nazariy jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, korxonalar moliyaviy barqarorligining ular qiymatiga ta'siri baholangan va tahlil qilingan. Korxonalar moliyaviy barqarorligini ta'minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.