YOSHLARNI TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi joriy va strategik masalalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yoshlar bandligini ta'minlash, sifatli ish o‘rinlarini yaratish, ta'lim tizimini yaqin va uzoq istiqbolda yuz berishi kutilayotgan o‘zgarishlarga moslashtirish borasidagi Yevropa Ittifoqi hamda taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida «Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish fondi» hamda yoshlarning innovatsion loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha «Umummilliy venchur fondi»ni tashkil etish, shuningdek, yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirishni ta'minlashda hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini takomillashtirish zarurligi asoslangan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Raxmanov , Z., & Daminov , F. (2019). YOSHLARNI TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(5), 14–23. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/257
Ko'rishlar soni: 25