QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILLARI: LISTING, BOZOR KAPITALLASHUVI VA KORPORATIV BOSHQARUV

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mamlakat qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirish masalalari milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish muammosining muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirish omillarini tadqiq etish milliy iqtisodiyotda investitsiyalarning yangi manbalarini faol izlash va bu uchun fond bozori salohiyatidan foydalanish munosabati bilan dolzarb bo‘lmoqda. Ishning maqsadi bo‘lib iqtisodiyotning hozirgi rivojlanishi bosqichida qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish hisoblanadi. Mazkur maqsadga erishish Jahon bankining jahon mamlakatlarida listing kompaniyalari soni, bozor kapitallashuvining YaIMga nisbati borasidagi statistik ma'lumotlarini tahlil qilish hamda ularni O‘zbekistondagi rasmiy ma'lumotlar bilan taqqoslash usuli yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot natijadasida listing, bozor kapitallashuvi va korporativ boshqaruv qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirish asosiy omillari sifatida oldinga surildi. Listing va korporativ boshqaruv mexanizmlari milliy fond bozori raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi uchun muallif tomonidan zarururiy huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar taklif etildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Ashurov З. (2019). QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILLARI: LISTING, BOZOR KAPITALLASHUVI VA KORPORATIV BOSHQARUV. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(6), 16–26. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/259
Ko'rishlar soni: 25