O‘ZBEKISTON ERKIN IQTISODIY HUDUDLARIDA INFRATUZILMANI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy hududlarda (EIH) ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning holati «Angren» EIH misolida tadqiq qilingan. Rossiya, Janubiy Koreya hamda Birlashgan Arab Amirliklari erkin iqtisodiy hududlarida infratuzilmaning rivojlanish holati O‘zbekiston erkin iqtisodiy hududlaridagi holat bilan qiyosiy tahlil qilingan. O‘zbekiston EIHlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, EIHlarni tashkil etishda gegemoniyaga yo‘l qo‘ymagan holda infratuzilmani takomillashtirish imkoniyatlari; «Angren» EIHda bank-moliya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan eksport kreditlarini taqdim etish hamda eksport kreditlarini sug‘urtalashning alohida mexanizmini ishlab chiqish zaruriyati; «Angren» EIH Ma'muriy kengashiga investitsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, rezidentlar uchun yer ajratish huquqini «Yagona darcha» tamoyili asosida amalga oshirish huquqini taqdim etish hududning investitsion samaradorligini oshirishi ilmiy-amaliy asoslangan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Vohidova , M. (2019). O‘ZBEKISTON ERKIN IQTISODIY HUDUDLARIDA INFRATUZILMANI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(6), 27–34. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/260
Ko'rishlar soni: 4