MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK TEATRINI ILMIY O‘RGANISH MASALALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqola Yevropa shaklidagi o‘zbek teatrining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarning ilmiy o‘rganilishiga bag‘ishlangan. Maqolada jadid ma'rifatparvarlarining o‘lka madaniy-ma'rifiy hayotidagi o‘rni va roliga aniqlik kiritilgan. Maqola muallifi yangi adabiy tur – dramaturgiyaning paydo bo‘lishi, harakat namoyandalarini o‘ylantirgan hayotiy masalalar haqida fikr yuritib, harakatning yangi shakldagi o‘zbek teatrining shakllanishidagi o‘rniga to‘xtaladi. Shuningdek, unda birinchi bor o‘zbek teatr san'atining jadidchilik harakati bilan bog‘liq davrining ilmiy o‘rganilishi masalalari tadqiq etilib, tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalarga aniqlik kiritiladi. Bundan tashqari, muallif tomonidan milliy uyg‘onish davri o‘zbek sahna san'ati taraqqiyot bosqichlari shartli ravishda davrlarga bo‘lib chiqildi hamda jadid teatrining o‘rganilish tarixi bosqichlarga ajratildi. Jadidchilik harakati namoyandalari amalga oshirgan ishlarga obektiv baho berish lozimligi, jadid teatrining maqtovga loyiq namunali jihatlari bilan birga muayyan ojizliklari ham borligi asoslandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rahmatullayeva , D. (2019). MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK TEATRINI ILMIY O‘RGANISH MASALALARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(5), 30–34. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/265
Ko'rishlar soni: 26