O‘SIMLIK QOLDIQLARINI HAR XIL MIQDORDA QOLDIRIB, YERGA TURLI USULDA ISHLOV BERISHNING TUPROQ SUV-FIZIK XOSSALARI HAMDA EKINLAR HOSILDORLIGIGA TASIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Toshkent viloyatidagi avvaldan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy-mosh-g‘o‘za almashlab ekish tizimida o‘tkazilgan tajribalardan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, mosh doimiy pushtada parvarishlanganda, tuproqqa ishlov berishning oddiy texnologiyasi (oddiy haydov)ga nisbatan tuproqning haydov (0-30 sm) va haydov osti (30-50 sm) qatlamlarida zichlanish kuzatildi. Kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanishda, odatdagi texnologiyaga nisbatan yerga minimal ishlov berish hisobiga takroriy ekinlarni erta ekish va traktorlarning dalaga kirish sonini kamaytirish hisobiga tuproqning suv o‘tkazuvchanligini yaxshilashga erishildi. O‘simlik qoldiqlarini qoldirish miqdoridan qat'iy nazar, oddiy haydovda mosh hosildorligi 11-12 s/ga ni, yil oralatib haydov o‘tkaziladigan variantda esa 10-11 s/ga ni tashkil etdi. Oddiy hamda yil oralatib o‘tkaziladigan haydovda ham eng yuqori paxta hosili o‘simlik qoldiqlari 100% qoldirilganda olinib, oddiy haydov o‘tkazilgan variantda yil oralatib haydov o‘tkaziladigan variantga nisbatan 3,8 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Karabayev , I., Hasanova , F., & O‘razmatov , N. (2019). O‘SIMLIK QOLDIQLARINI HAR XIL MIQDORDA QOLDIRIB, YERGA TURLI USULDA ISHLOV BERISHNING TUPROQ SUV-FIZIK XOSSALARI HAMDA EKINLAR HOSILDORLIGIGA TASIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(6), 72–78. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/266
Ko'rishlar soni: 9