UZUMDA MILDYU KASALLIGIGA QARSHI YANGI FUNGITSIDNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

O‘zbekistonda uzumda keng tarqalgan kasalliklardan biri mildyu (soxta un shudring) hisoblanadi. Maqolada yangi fungitsid Bandjo Forte 40% k.s. fungitsidining uzumdagi mildyu kasalligiga qarshi samaradorligi keltirilgan. Shuningdek, preparatni uzum plantatsiyalarida qo‘llash natijasida olinadigan yuqori biologik samaradorlik to‘g‘risida ma'lumotlar bayon etilgan. Tadqiqot 2017–2018 yillar davomida Samarqand viloyati sharoitida uzumning mildyu kasalligiga qarshi kurashda preparatning samaradorligini taqqoslash va qiyosiy baholash maqsadida o‘tkazilgan. Natijalarga ko‘ra, preparat uzum plantatsiyalarida qo‘llanilgandan so‘ng yuqori samaradorlikka erishilgan. Bandjo Forte 40% k.s. preparati uzumdagi mildyuga qarshi 0,8-1,0 l/ga sarf me'yorlarida qo‘llanilganda, uzum barglarida 89,4-91,5%, uzum mevalarida 95,4-97,1% biologik samaradorlikka erishilgan. Preparat shakli suv bilan aralashtirilganda, ishchi suyuqlikda tez erib, yuqorida ko‘rsatilgan sarf me'yorida fitotoksiklik xususiyati aniqlanmadi. Ushbu preparatning andoza variantdagi Akrobat MTS 690 g/kg v.d.g. preparatga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Nazarbayeva Н. (2019). UZUMDA MILDYU KASALLIGIGA QARSHI YANGI FUNGITSIDNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(6), 67–71. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/269
Ko'rishlar soni: 24