XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstrakt
Hozirgi kunda xizmat ko‘rsatish sohasini investitsiyalashda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanish respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim yo‘nalishi sifatida shakllanmoqda. Shunday ekan, davlat-xususiy sherikligi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashning muhim vositasi hamda davlat hokimiyati organlari nazoratini o‘zida saqlab turgan va investorlar bilan hamkorlikni amalga oshiradigan investitsion loyihalarga moliyaviy resurslarni jalb qilishning muhim manbai hisoblanadi. Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi mexanizmi bo‘yicha hamkorlar uchun samaradorlikni baholash uslubiyati, hamkorlarning o‘zaro manfaatli munosabatlarini amalga oshirish shakllari va shartlari, davlat-xususiy sherikligi loyihasining maqsad va vazifalari, davlat va xususiy sektorning aktivlari va boshqaruv ko‘nikmalarini birlashtirish orqali hamkorlik masalalari, davlat-xususiy sherikligining kutilayotgan to‘siqlari va cheklovlari, hamkorlik loyihalarini tashkil qilish jarayoni, loyiha samaradorligini baholash va unga iqtisodiy risklarning ta'siri, investitsiya loyihasi samaradorligini aniqlashning asosiy ko‘rsatkichlari, investitsion loyihani realizatsiya qilishdan olinadigan integral iqtisodiy samara, davlat-xususiy sherikligini amalga oshirishda byudjet samaradorligini oshirish yo‘nalishlari tadqiq qilingan.