BALIQCHILIK UCHUN INNOVATSION QURILMA

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Birinchi marta baliqchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlashga mo‘ljallangan baliqchilik uchun zamonaviy texnologik yechim asosida innovatsion qurilma taklif etildi. Qurilma tashqi ta'sirlardan himoyalangan bo‘lib, quvvatlanish manbai qurilmaning o‘zida joylashgan. Bu esa uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tkazishda qulayliklar yaratadi. U zamonaviy energiya tejamkor yoritgichlar bilan jihozlangan bo‘lib, uzoq muddat qo‘shimcha elektr manbaisiz ishlash imkoniyatiga ega. Taklif etilgan baliqchilik uchun innovatsion qurilma baliqlarning tabiiy ozuqalar – uchar hasharotlar bilan oziqlanishini ta'minlaydi. Qurilma quyidagicha ishlash printsipiga ega: himoya qalpog‘i sirti hamda uning ostki qismi sariq rangli metalldan tayyorlangan bo‘lib, optik nurlanish manbaidan taralayotgan nurlar oqimi rangli qalpoq hamda suv yuzasidan qaytib, interferentsiya hodisasi asosida turlicha tovlanadi. Bu suv havzasi atrofidagi hasharotlarni o‘ziga ko‘proq jalb qilish imkonini beradi. Yorug‘lik manbai yuqori kuchlanishli to‘r bilan o‘ralgan. Uning vazifasi yorug‘likka intilib, qurilmaga yetib kelgan hasharotlarni nobud qilishdan iborat. Yuqori kuchlanishli to‘r yacheykalari oralig‘i 5-8 millimetrni tashkil qiladi. Yorug‘likka intilgan hasharotlar yuqori kuchlanishli to‘r yacheykalari orasidan harakatlanadi. Bu jarayonda hasharotlar yuqori kuchlanishli to‘r yacheykalarida nobud bo‘ladi va suv havzasiga tushadi. Bu bilan baliqlarning tabiiy ozuqa, ya'ni hasharotlar bilan oziqlanishi ta'minlanadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Olimov , L., Yusupov, A., & Alijanov , D. (2019). BALIQCHILIK UCHUN INNOVATSION QURILMA. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(6), 103–107. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/270
Ko'rishlar soni: 10