K-26 PREPARATINING O‘SMAGA QARSHI VA RADIOSENSIBILIZATORLIK TASIR MEXANIZMINI O‘RGANISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Kolxitsin hosilali K-26 yangi preparati AQSh Saraton Milliy Institutida (NCI) in vitro usulida tekshirilganda yuqori sitotoksin faollikni namoyon etgan, hayvonlarning bir qator o‘sma shtammlarida in vivo usulida tekshirilganda o‘smaga qarshi yuqori faollikni ko‘rsatdi. K-26 preparatining o‘smaga qarshi yuqori faolligi, shuningdek, keyingi radiosensibilizator sifatidagi tekshiruv uchun ta'sir mexanizmini o‘rganish quyidagilarni talab etdi: alkilillovchi (DNK va RNK sinteziga ta'siri, nukleosoma oralig‘i degradatsiyasi va DNK fragmentatsiyasi), topoizomeraza II faolligiga ta'siri va dori ustuvorligi, shuningdek, mitotik faolligi va KOEs induktsiyasi. Mexanizm ta'sirini o‘rganish davomida K-26 DNK sintezini ingibirlaydi, topoizomerazani va MDR2 faollashtiradi, r53 stimullaydi, bu uning yuqori o‘smaga qarshi faol ekanini tushuntiradi, mitotik faolligi esa tuqimalarning bo‘linish sinxronizatsiyasiga olib keladi va radiosensibilizatorlik faolligi oshadi. KXEsning stimulyatsiyasi, gemopoetik va immun hujayralarning hosil bo‘lishini ta'minlashi organizmni intensiv ravishda sitotoksik ta'sirdan saqlash imkonini berishi mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Ibragimov О., Yenikeyeva З., Agzamova Н., Madiyorov Б., Usmanov Б., & Amonov А. (2019). K-26 PREPARATINING O‘SMAGA QARSHI VA RADIOSENSIBILIZATORLIK TASIR MEXANIZMINI O‘RGANISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(5), 35–43. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/274
Ko'rishlar soni: 13

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari