NOYOB ENDEM TURLAR LEPIDOLOPHA NURATAVICA KRASCH. VA COUSINIA DSHISAKENSIS KULT. SENOPOPULYATSIYALARINING HOZIRGI HOLATI
Abstrakt
Maqolada Oqtog‘ tizmasida (Navoiy viloyati) tarqalgan ayrim noyob endem turlar – Lepidolopha nuratavica Krasch. va Cousinia dshisakensis Kult. ontogenetik strukturasining holati o‘rganilgan. Real spektr bilan nazariy muqarrar spektrni taqqoslash asosida o‘rganilgan turlar populyatsiyalarining holati baholangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Oqtog‘ tizmasining ekologo-tsenotik sharoitida o‘rganilgan senopopulyatsiyalar normal, to‘liq a'zoli emas. L. nuratavica ikkala senopopulyatsiyasining tarkibida yuvenil va immatur, C. dshisakensis senopopulyatsiyasida esa generativ oldi va senil tuplar mavjud emas. L. nuratavica 1-tsenopopulyatsiyasi va C. dshisakensis ning ontogenetik spektri xarakterlisiga mos keladi hamda turlarning biologik xususiyatlarini aks ettiradi. Senopopulyatsiyalarning ontogenetik spektrlari markazlashgan va chap tomonlama, cho‘qqi o‘rta yosh va yosh generativ tuplarga to‘g‘ri keladi. Bu esa ekologik sharoit hamda antropogen bosim bilan bog‘liqdir.