TABIIY IPAKDAN YANGI TURDAGI RO‘MOLBOP GAZLAMALAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada tabiiy ipakdan yangi turdagi ro‘molbop gazlamalar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Pillani chuqur qayta ishlash, ipakli tayyor mahsulot ishlab chiqarish, uning yangi va xaridorgir turlarini yaratish hamda o‘zlashtirish dolzarb va muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro to‘qilgan tanda va arqoq iplaridan iborat, polotno o‘rilishda to‘qilgan ro‘molbop gazlama avvaldan ma'lum bo‘lib, turi cheklangan. Ro‘molbop gazlamalar turini kengaytirish maqsadida tabiiy ipakdan yangi tuzilishdagi, strukturasi sarja o‘rilishi asosida bo‘lgan ipakli ro‘molbop gazlamaning yangi turlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Yangi turdagi ro‘molbop ipakli gazlama ishlab chiqarishning texnologik zanjiri, iplarni qayta o‘rash, juftlash, pishitish, tandalash va to‘quv dastgohida yangi turdagi ro‘molbop to‘qima to‘qish jarayonlarining texnologik parametrlari hamda jarayonlarga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Olingan natijalar ipakchilik sanoati korxonalarida qo‘llanilishi mumkin. Yangi turdagi ro‘molbop ipakli to‘qima strukturasi va uni ishlab chiqarish texnologiyasi «Bukhara Brilliant Silk» korxonasida joriy etildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mirzaxonov , M., Valiyev , G., & Jo‘rayev , B. (2019). TABIIY IPAKDAN YANGI TURDAGI RO‘MOLBOP GAZLAMALAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(5), 69–76. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/279
Ko'rishlar soni: 7