TA'LIM TIZIMIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI VA USTUVOR JIHATLARI
Abstrakt
Yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishda mamlakat aholisining savodxonlik darajasi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda ta'lim tizimi uchun zamonaviy infratuzilmaning mavjud bo‘lishi, shu bilan bir qatorda, mavjud infratuzilma ob'ektlarida samaradorlikni ta'minlash va boshqaruvning yangi, innovatsion usullarini qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Maqolada ta'lim tizimining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni va uni samarali tashkil qilishda davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarining dunyoning ko‘plab mamlakatlari ta'lim tizimida tashkil etilishi va ushbu munosabatlarning ta'lim tizimida amal qilish yo‘nalishlari bayon etiladi. Qayd etilgan yo‘nalishlarda sherikchilik munosabatlarini amalga oshirishning ustuvor jihatlari va unga erishishda hukumat aniqlik kiritishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.