KURASH SPORT TURIDA YOSH SPORTCHILAR TRAVMATIZMIGA OID O‘TKAZILGAN KUZATUVLAR NATIJALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada 10-22 yoshli sportchilarning jarohatlar soni, jarohatlanish a'zolari, jarohatlanish sabablari, travmatizmlarini aniqlash maqsadida Toshkent shahridagi 14-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Olimpiya zaxiralari kolleji hamda Toshkent davlat texnika universiteti talabalarining 2016–2018 yillarda kurash sport turi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarini kuzatish jarayonida olingan dastlabki tahlil natijalari keltirilgan. Sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barobarida ular shikastlanishining oldini olishda texnika xavfsizligining alohida ahamiyati, sport o‘quv-mashg‘ulotlarini kuzatish jarayonida olgan dastlabki shikastlanish sabablari va tahlil natijalari videos'yomka tasvirlari orqali aniqlandi. Bundan tashqari, jarohatlangan sportchilarning jinsi, aniq yoshi, o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazilgan sport turi, jarohatga qo‘yilgan tibbiy tashxis va uning ro‘y bergan joyi alohida o‘rganilib, travmatizmlarni bartaraf etish choralari keltirilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Sulaymonov , S., & Narziyev , S. (2019). KURASH SPORT TURIDA YOSH SPORTCHILAR TRAVMATIZMIGA OID O‘TKAZILGAN KUZATUVLAR NATIJALARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(5), 89–94. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/285
Ko'rishlar soni: 7