YUMSHATKICH PANJANING TUPROQQA KIRISH BURCHAGINING UNING TORTISHGA BO‘LGAN QARSHILIGIGA TASIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Fermerlar yangi bog‘larning mevali ko‘chat qator oralariga turli poliz-sabzavot ekinlari ekib, 5-8 yilgacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Lekin aksariyat fermer xo‘jaliklari bu imkoniyatdan to‘la foydalangani yo‘q. Chunki bog‘ qator oralari tuprog‘ini ekishga tayyorlash uchun erta bahorda shudgorlangan yerlarni yumshatish, yirik kesaklarni maydalash, tuproq yuzasini tekislash va sug‘orish ariqlarini ochish lozim. Bu ishlarni amalga oshirish uchun hozirgi davrda har bir texnologik jarayonni bajarishga bog‘ qator oralariga qishloq xo‘jalik agregatining alohida-alohida kirishi zarur. Shu sababli tuproqni mevali ko‘chat qator oralariga poliz-sabzavot ekinlari ekishga tayyorlash ko‘p vaqt, mehnat va xarajat talab qiladi. Yuqoridagilarni hisobga olib, mazkur maqolada bir o‘tishida yoki borib kelishida bog‘ qator oralarini poliz-sabzavot ekinlari ekishga tayyor holga keltiruvchi kombinatsiyalashgan agregat konstruktsiyasi ishlab chiqish hamda uning ayrim ishchi organlari parametrlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Xususan, bog‘ qator oralari tuprog‘ini ekishga tayyorlovchi kombinatsiyalashgan agregatning yumshatkich panjasi tuproqqa kirish burchagining maqbul qiymati hamda ushbu ishchi organning asosiy energetik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan tortishga qarshiligini aniqlash usullari ko‘rsatilgan. Natijada yumshatkich panjaning samarali ishlashi va tortishga qarshiligining me'yordan ortib ketmasligini ta'minlash uchun qabul qilingan panjaning eni b = 0,04...0,06 m va ishlov berish chuqurligi h = 0,15 m bo‘lganda, tuproqqa kirish burchagining maqbul qiymati αmaq = 25...35o hamda shu qiymatda tortishga bo‘lgan qarshiligi R = 320...400 N oralig‘ida bo‘lishi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xudoyberdiyev , T., & Abdumannopov , A. (2022). YUMSHATKICH PANJANING TUPROQQA KIRISH BURCHAGINING UNING TORTISHGA BO‘LGAN QARSHILIGIGA TASIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 36–44. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/291
Ko'rishlar soni: 46