CHORTOQ SUV OMBORI LOYQA CHO‘KINDILARINING FRAKTSION VA KIMYOVIY TARKIBI TAHLILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Iqlim o‘zgarishi global muammoga aylangan hozirgi davrda suv resurslaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanish muhim vazifaga aylanmoqda. Tabiiy dala tadqiqotlari Chortoq suv omborida olib borilgan. Maqolada suv omboriga kirib kelayotgan loyqa cho‘kindilar miqdori hamda ularning fraktsion va kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha dala va laboratoriya sharoitida olib borilgan tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Oqim bilan kirib kelayotgan loyqalik miqdorini aniqlashda suv ombori uzunligi bo‘yicha xarakterli stvorlar belgilangan va har bir stvorda mavsumning turli vaqtlarida batometr yordamida namunalar olingan hamda laboratoriya sharoitida filtrdan o‘tkazilgan. Natijalar tahliliga ko‘ra, kirib kelayotgan loyqalikning o‘rtacha miqdori 0,3-0,5 g/l, chiqishdagi loyqalik miqdori 0,05-0,08 g/l ni tashkil etdi. Suv ombori kosasiga cho‘kib qolgan cho‘kindilardan namunalar olinib, “Gidroproyekt” AJ laboratoriyasida fraktsion va kimyoviy tarkibi o‘rganildi. Loyqa cho‘kindilar fraktsion tarkibi bo‘yicha 1,0-0,5 mm diametrli zarrachalar – 13,98%, 0,5-0,25 mm – 11,49%, 0,25-0,10 mm – 7,56%, 0,10-0,05 mm – 10,48%, 0,05- 0,01 mm – 26,8%, 0,01-0,005 mm – 13,34%, 0,005 -0,002 mm – 16,42% ni tashkil etishi aniqlandi. Stvorlar bo‘yicha cho‘kindilar taqsimoti hamda ulushiga e'tibor qaratsak, 35-40 foizini yirik fraktsiyali (d = 1,0-0,1 mm) zarrachalar, 50-60 foizini esa mayda fraktsiyali (d = 0,05-0,001 mm) zarrachalar tashkil etmoqda. Cho‘kindilar tarkibida ekin maydonlari uchun foydali bo‘lgan mikroelementlarga boy bo‘lgan zarrachalar mavjudligi asoslangan

Mualliflar haqida

How to Cite

Hoshimov , S., Babajanov , F., & Ortiqov , I. (2022). CHORTOQ SUV OMBORI LOYQA CHO‘KINDILARINING FRAKTSION VA KIMYOVIY TARKIBI TAHLILI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 63–70. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/295
Ko'rishlar soni: 37