YO‘L BELGILARINI GRAFIK PROTSESSORLAR YORDAMIDA DINAMIK TASVIRLARDAN TANIB OLISH ALGORITMI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, "You Only Look Once" algoritmi asosida yo‘l belgilarini aniqlash va tasniflash masalasi o‘rganilgan. Dasturiy majmua O‘zbekiston hududida ko‘p qatnovli avtomobil yo‘llaridagi yo‘l harakati hodisalarini kamaytirish, haydovchilarga yo‘l infratuzilmasi haqida ma’lumotlarni vizual yetkazishga ko‘maklashish va yo‘l belgilari ma’lumotlar bazasini yaratish uchun xizmat qiladi. Mazkur dasturiy majmua videokuzatuv kamerasidan olingan tasvirlar orqali Nvidia Jetson Nano grafik protsessorlari va mobil qurilmalarida real vaqt rejimida amalga oshirildi. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, tasvirlardagi yo‘l belgilarini aniqlash, ajratish va tanib olish usullari, algoritmlari va dasturiy majmuasi ishlab chiqildi. Ushbu dasturiy majmua avtomobilga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida real vaqt rejimida yo‘l belgilarini tanish orqali haydovchilarni ogohlantirish va yo‘l transport hodisalarining oldini olishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Dunyodagi turli davlatlarda yo‘l transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha maʼlum texnologi-yalar va dasturiy vositalar ishlab chiqilgan, ammo bu tizimlar tegishli davlatning yo‘l harakati qoidalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yo‘l transport hodisalarining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha texnologiyalar ishlab chiqil-magan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Umarov , M. (2022). YO‘L BELGILARINI GRAFIK PROTSESSORLAR YORDAMIDA DINAMIK TASVIRLARDAN TANIB OLISH ALGORITMI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 71–80. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/296
Ko'rishlar soni: 56