ELEKTRON LUG‘AT BIZNES-JARAYONINI ALISHER NAVOIY ASARLARI IZOHLI LUG‘ATI MISOLIDA MODELLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda zarur manbalarning elektronlashishi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda kundalik hayotda, ish faoliyatida, ilmiy faoliyatda, boringki, hayotimizning turli jabhalarida elektron xizmatlar joriy qilingan. Bu esa foydalanuvchilarga har vaqt, har joyda foydalanish imkonini beradi. Shunday elektron manbalardan yana biri elektron lug‘atlardir. Ayniqsa, qadimiy manbalarning elekton shaklga aylanishi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shunday elektron manbalardan biri Alisher Navoiy asarlari elektron izohli lug‘ati bo‘lib, uni yaratish bir qator vazifalarning bajarilishini talab qiladi. Ya’ni muallif asarlari izohli lug‘atini elektron (.doc, .xls, .txt) shaklga o‘girish, elektron lug‘at axborot tizimi biznes-jarayonini modellashtirish, tizimning ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va ma’lumotlarni biriktirish, nihoyat, dasturlash tillarining imkoniyatlaridan foydalanib, elektron lug‘at axborot tizimini yaratish. Ushbu axborot tizimini ishlab chiqishda elektron lug‘atlarga qo‘yilgan xalqaro standartlarga tayanildi. Yaratiladigan Alisher Navoiy asarlari elektron izohli lug‘ati maktab o‘quvchilari, talabalar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar uchun buyuk mutafakkir asarlarini to‘liq tushunish imkonini beradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xusainova , Z. (2022). ELEKTRON LUG‘AT BIZNES-JARAYONINI ALISHER NAVOIY ASARLARI IZOHLI LUG‘ATI MISOLIDA MODELLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 92–98. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/299
Ko'rishlar soni: 23