KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRISHDA ISH O‘RINLARI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Abstrakt
Bugungi islohotlar, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tendentsiyasi mehnat munosabatlarining o‘zgarishi, kambag‘allik va ishsizlik darajasini kamaytirish, xususan, mamlakatda demokratik islohotlarni amalga oshirishda qishloq joylarida ayollar mehnatini tashkil etishda yangicha yondashuvlarni taqozo qilmoqda. Hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emas. Mazkur maqolada respublikamizda ayollar uchun qishloq xo‘jaligining nisbatan yangi sohalarida ish o‘rinlari tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni takomillashtirishga doir tavsiyalar taklif qilingan. Tadqiqot predmeti ayollar ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini tatbiq etish jarayoni hisoblanib, uning maqsadi kambag‘allikni kamaytirishda ayollar bandligini oshirish samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarining metodologik va metodik asoslarini yaratish asosida ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqishdan iborat. Ayollarning mehnat bozorida ishtirok etishini cheklovchi kuchli ijtimoiy stereotiplardan kelib chiqqan holda, ish bilan bandligini ta'minlashni takomillashtirish tadqiqotning dolzarbligini oshiradi. Ayollar uchun bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotlarning o‘z vaqtida yetkazilishi chora-tadbirlarini belgilash orqali raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.