“FZ-26” SUYUQ SUN’IY TEXNIK YUVUVCHI VOSITASINI OLISH TEXNOLOGIYASI VA UNI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Abstrakt
Maqolada «Navoiyazot» AJda polivinixlorid ishlab chiqarish jarayonida yiliga 2000 tonna texnologik ishqor eritmasini qayta ishlash muammolarini o‘rganishga oid tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Sun’iy sirt aktiv moddalar va vinilxlorid olish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi xomashyo – ishqoriy eritma asosida olingan suyuq yuvuvchi vositaning tarkibi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan kompozitsiyaning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan va ular asosida texnik yuvuvchi vositasi olishning laboratoriya reglamenti tuzilgan. Ikkilamchi mahsulot – texnologik ishqor eritmasi asosida texnik yuvuvchi vositasi ishlab chiqarishning sanoat texnologiyasini yaratish va bu bilan mazkur korxonaning ekologik muammolarini hal qilish imkoniyati hamda polivinilxlorid ishlab chiqarish rentabilligini oshirish mumkinligi ko‘rsatilgan.