O‘ZBEKISTON SHAROITIDA NASLDOR SPERMADONOR BUQALARNING URUG‘ MAHSULDORLIGI VA AYRIM KLINIK KO‘RSATKICHLARINING YIL FASLLARI BO‘YICHA O‘ZGARISHI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Qoramolchilik tarmog‘ida boshqa mahsulotlar kabi nasldor buqalardan urug‘ ishlab chiqarish ham hayvonlar organizmining tashqi muhit omillariga moslashuvchanlik (adaptiv) xususiyatlariga bog‘liq. Bunda moslashuvchanlik xususiyatlarining eng asosiy indikatorlari ularning sperma mahsuldorligi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, organizmning ayrim klinik ko‘rsatkichlari ham o‘zgarib turadi va bu ikki omil o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Ushbu masalalarni aynan O‘zbekiston sharoitida o‘rganib chiqib, o‘rganish natijalaridan bu boradagi rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarish ishlarida unumli foydalanish mumkin. Ma'lumki, respublikamizdagi qoramollar podasini yaxshilovchi nasldor buqalar xorijdan (Bushuyev zotiga mansub nasldor buqalardan tashqari) keltiriladi. Tajribalar davomida xorijdan keltirilgan va mahalliy Bushuyev zotiga mansub yosh nasldor buqalardan spermadonor sifatida foydalanishda urug‘ mahsuldorligining yil mavsumlari bo‘yicha o‘zgarishi ularning ayrim fiziologik ko‘rsatkichlariga taqqoslangan holda tadqiq etildi. Chunki hayvonlarning mahsuldorlik darajasi bilan bevosita bog‘liqlikda bo‘ladigan ko‘rsatkichlaridan biri ularning organizmidagi fiziologik holat hisoblanadi. Albatta, bunda klinik ko‘rsatkichlarni hisoblash muhim, chunki aynan shu ma'lumot asosida hayvonlarning ma'lum bir asrash sharoitiga moslashganligi va urug‘ mahsuldorligining kutilishi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Do‘stmuhammedova , M., & Allayarov , S. (2022). O‘ZBEKISTON SHAROITIDA NASLDOR SPERMADONOR BUQALARNING URUG‘ MAHSULDORLIGI VA AYRIM KLINIK KO‘RSATKICHLARINING YIL FASLLARI BO‘YICHA O‘ZGARISHI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 99–108. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/300
Ko'rishlar soni: 21