URUG‘MEVALI BOG‘LARDA O‘RGIMChAKKANALARNING (TETRANYCHIDAE) ASOSIY TURLARI, ENTOMOFAGLARINING TUR TARKIBI VA UChRASh DARAJASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada urug‘mevali bog‘larda o‘rgimchakkanalarning (Tetranychidae) asosiy turlari va ularning uchrash darajalarini monitoring qilish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotda, asosan, kanalar bilan zararlangan hududlar alohida ajratildi va mavsum davomida kuzatib borildi. Dastlab 2019–2022 yillarda yig‘ilgan kanalar o‘zaro solishtirilib, ularning turlariga sistematik aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra, ko‘p va zararlilik darajasi yuqori bo‘lgan kanalarning olma, nok va behi daraxtlari bo‘yicha uchrash darajalari aniqlangan. Urug‘mevali bog‘larda kanalarning 6 turi uchragan va asosan, o‘rgimchakkanalar (Tetranychidae) oilasiga mansub turlari borligi qayd etilgan. Bulardan olma qizil kanasi (Panonychus ulmi Koch), do‘lana kanasi (Tetranychus viennensis Zacher), qo‘ng‘ir meva kanasi (Bryobia redikorzevi Rech), oddiy o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch), bog‘ o‘rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni Oudms), Turkiston o‘rgimchakkanasi (Tetranychus turkestani Ug. Et Nik) uchraganligi kuzatilgan. Olib borilgan tadqiqotlar davomida kanalarning tabiiy kushandalarini tahlil qilish natijasida 9 turdagi kushandalari uchrashi qayd etilgan. Jumladan, fitoseyulyus, nabius, orius qandalasi, stetorus qo‘ng‘izi, metaseyulyus entomofaglari eng ko‘p uchrashi aniqlangan. Olingan natijalar asosida xulosa va takliflar berilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Anorboyev , A., & Rahmonov , A. (2022). URUG‘MEVALI BOG‘LARDA O‘RGIMChAKKANALARNING (TETRANYCHIDAE) ASOSIY TURLARI, ENTOMOFAGLARINING TUR TARKIBI VA UChRASh DARAJASI . ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 109–115. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/301
Ko'rishlar soni: 24