DORIVOR TIRNOQGULDAGI TUNLAMLAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDA ENTOMOFAGLARNING AHAMIYATI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada tirnoqgul dorivor о‘simligiga zarar keltiruvchi tunlamlar va ularning sonini boshqarishda entomofaglarning ahamiyati tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Izlanishlar natijasida dorivor tirnoqgul о‘simligida g‘о‘za tunlami, gamma tunlami, kuzgi tunlam, undov tunlami, leukani tunlamlari uchrashi aniqlangan. Bular orasida g‘о‘za tunlami eng kо‘p uchrashi va zarar keltirishi qayd etilgan. Ma’lumki, farmatsevtika sanoatida tirnoqgul savatchasi asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. Mazkur kemiruvchi hasharotlar nafaqat о‘simlik poyasi, ildizi, guli va shonalari, balki biz uchun kerak bо‘lgan asosiy organi – gul savatchasini ham kuchli zararlab, sifatiga putur yetkazadi. Maqolada g‘o‘za tunlamiga qarshi biologik usulda brakon entomofagini qo‘llash samarasi о‘rganilgan. Brakon entomofagi 1 : 5 entomofag zararkunandaga qo‘llanganda, eng yaxshi 78,5-88,2 samaradorlikka erishildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rо‘ziqulov D. (2022). DORIVOR TIRNOQGULDAGI TUNLAMLAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDA ENTOMOFAGLARNING AHAMIYATI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 116–121. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/302
Ko'rishlar soni: 27