TADBIRKORLIK SUBЪEKTLARI EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGIGA TASIR ETUVCHI OMILLARNI ANIQLASH ISTIQBOLLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar eksportini rivojlantirish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar hajmining yalpi hududiy mahsulotga bog‘liqligi hamda prognoz qilish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida barcha pul qiymatidagi ko‘rsatkichlar 2019 yilgi narxlarda hisoblab chiqildi. Shuningdek, Samarqand viloyatining 2019–2025 yillarga mo‘ljallangan tadbirkorlik sub'ektlari eksporti hajmi prognozida 2025 yilga qadar viloyat umumiy eksporti hajmida tadbirkorlik sub'ektlari eksporti ulushining o‘sishini belgilash ham dolzarb ahamiyatga ega. Ishning natijasida sug‘oriladigan yer maydoni (X1) 1 foizga oshirilsa, yalpi hududiy mahsulot hajmi (Y2) 1,612 foizga oshishi, lalmi yer maydoni (X2) 1 foizga oshirilsa, yalpi hududiy mahsulot hajmi (Y2 ) 0,12 foizga kamayishi, sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (X5) 1 foizga oshirilsa, yalpi hududiy mahsulot hajmi (Y2 ) 0,594 foizga va qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni (X8) hajmi 1 foizga oshirilsa, yalpi hududiy mahsulot hajmi (Y2) 0,628 foizga oshishi aniqlandi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, umuman, eksport samaradorligi o‘sib bormoqda. Bu esa tadbirkorlik sub'ektlari xalqaro bozorda o‘z mavqeini mustahkamlashi va raqiblariga nisbatan katta raqobat yaratishi mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mamasoatov , D. (2022). TADBIRKORLIK SUBЪEKTLARI EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGIGA TASIR ETUVCHI OMILLARNI ANIQLASH ISTIQBOLLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 122–133. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/303
Ko'rishlar soni: 13