DEHQON XO‘JALIKLARIDA GREK YONG‘OG‘I YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Respublika qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan agrar islohotlar mahsulot ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish bilan birgalikda, mahsulotlar tarkibini diversifikatsiyalash, yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish, avval e'tibordan chetda qolgan, ammo hozirda dunyo bozorida talab ortib borayotgan sohalarni kengaytirishni ham ko‘zda tutmoqda. Bunda dehqon xo‘jaliklari va oila tomorqa imkoniyatlaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Dunyo bozorida talab yuqori bo‘lgan grek yong‘og‘ining ahamiyatini hisobga olgan holda, respublikamizning lalmi yerlaridan foydalanishni rag‘batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan grek yong‘og‘i ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishda zamonaviy yong‘oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong‘oq yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlarimiz davomida, asosan, Parkent tumanidagi dehqon xo‘jaligi va oilaviy tomorqalar o‘rganilganda, xonadonlardagi grek yong‘og‘i soni 3 ming 612 tup ekanligi aniqlandi. Tumandagi dehqon xo‘jaligi va xonadonlarda yangi grek yong‘og‘i navlarini joylashtirish orqali yaxshi daromad kelishi, sarflangan mablag‘ uzoq vaqtgacha qaytib turishi, kam xarajat ekanligi so‘rovnoma o‘tkazilganda aytib o‘tildi. Maqolada dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘i yetishtirishni rivojlantirishning bugungi bosqichi xususiyatlaridan kelib chiqib, muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Inobatov , A. (2022). DEHQON XO‘JALIKLARIDA GREK YONG‘OG‘I YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(3), 143–151. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/305
Ko'rishlar soni: 43