SOMON SELLYULOZASIDAN MIKRO- VA NANOKRISTALLIK SELLYULOZA OLISH HAMDA XOSSALARINI TADQIQ QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada somon sellyulozasidan kislotali gidroliz usuli yordamida mikrokristallik sellyuloza va nanotsellyuloza olish tadqiqot natijalari yoritilgan. Mikrokristallik sellyuloza va nanotsellyuloza o‘lchamlari, tuzilishi va xossalari yorug‘likning dinamik sochilishi, infraqizil spektroskopiya, rentgenostrukturaviy tahlil, atom kuch mikroskopiya, termik tahlil kabi usullar bilan tadqiq qilingan. Mikrokristallik sellyulozaning polimerlanish darajasi 232, kristallanish darajasi 70%, zarra o‘lchamlari 70-400 mkm ekanligi, nanotsellyulozaning polimerlanish darajasi 162, kristallanish darajasi 79%, zarra o‘lchamlari 50-250 nm ekanligi aniqlangan va bu ko‘rsatkichlarni gidroliz jarayoniga ta'sir qiluvchi o‘zgaruvchan omillar (kislota kontsentratsiyasi, harorat, gidroliz davomiyligi) ta'sirida nazorat qilish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mamadiyorov , B., Ergashev , D., Saidmuhammedova , M., Ashurov , N., & Ataxanov , A. (2022). SOMON SELLYULOZASIDAN MIKRO- VA NANOKRISTALLIK SELLYULOZA OLISH HAMDA XOSSALARINI TADQIQ QILISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(4), 5–16. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/307
Ko'rishlar soni: 21