KONNING TABIIY-TEXNOLOGIK ZONALARIDA MEXANIZATSIYA VOSITALARINI TANLASHNI ASOSLASH VA CHUQUR MA'DANLI KARERLARNING GEORESURS SALOHIYATINI SAMARALI ISHLATISH
Abstrakt
Ilmiy maqolada chuqur karerlar ishlash tahlili va ekspluatatsiya shartlari bayon qilingan. Karer maydoni tabiiy-texnologik zonalarga ajratilgan va ularning tavsifi yoritilgan. Tabiiy-texnologik zonalarning davriy ishlovchi uskunalar bilan kompleks mexanizatsiyasi sxemasi va karer maydonining shartli tabiiy-texnologik zonalarga bo‘linish sxemasi keltirilgan. Ishchi maydon enining o‘lchamiga ko‘ra kon ishlari tezligi kamayishi bog‘liqligi aniqlangan. Karerning ishchi bo‘shlig‘ini zonalarga ajratish, kon ishlarini loyihalash va rejalashtirishning uzluksiz majmuasi hamda konchilik sanoatini boshqarishning strategik texnik yechimlari ishlab chiqilgan. Turli o‘lchamli ekskavatorlar uchun kon ishlari tezligi pasayishi bog‘liqligiga asosan, qazib olinuvchi blok o‘lchamlarini aniqlash va davriy-uzluksiz texnologiyali konlar tabiiy-texnologik zonalarining kompleks mexanizatsiyasi tarkibi sxemasi nomogrammasi keltirilgan.